Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 1 521,7 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

2022- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 546 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan

Shu yilning 4–31-avgust kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar roʻyxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini oʻrganish ishlari olib borildi.

2022- yilning iyul oyida respublika ichida, mahalliy yoʻnalishlarda havo transportidan foydalanish tariflari iyun oyiga nisbatan oʻrtacha 3,9 % arzonlashdi.

2022- yil yanvar- iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi.

Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg’ona viloyatida YAHM hajmi 24 650,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 4,1 % ga ko‘pdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyul oylari davomida metall rudalarini qazib olish sanoati korxonalari tomonidan 7 488,1 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-iyul  oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 55 695 tani tashkil etgan.

Asosiy qurilish materiallaridan biri boʻlgan sement joriy yilning iyul oyida 2021- yilning iyul oyiga nisbatan 2,0 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha  tarkibida bino va inshootlar qurilishi yetakchilik qilmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 7373,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Umumtaʼlim muassasalariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi sinfga respublika boʻyicha jami 587,7 ming nafar oʻquvchi qabul qilingan.

2022- yilning 1- iyul holatiga Qashqadaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari.

2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 78,3% ni tashkil etdi

Respublikamizda 2022- yil 1- avgust holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 498 214 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Respublikaga 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami 2416,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi: