Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda 14 546 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning 1- iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar soni har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 147,4 ming tonna sharbat ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda 165,4 ming tonna qayd etilgan.

2022- yilning 15- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 21,4 % ni tashkil qildi (2021- yilning yanvar-iyunida – 22,8 %).

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda joriy yilning 1- avgust holatiga jami 56 896 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning 15-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Shu yilning 4- avgustidan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini o‘rganish ishlari boshlandi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtobus va mikroavtobuslar 491 donani tashkil etib, shulardan 59,9 % (294 dona) Oʻzbekistonda, 40,1 % (197 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 3 418,9 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,6 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 15- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan navbatdagi onlayn seminar o‘tkazildi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 21,3 mln. dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda  kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning eng ko‘p ulushi qurilishda – 37,2% ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 32,2% ni,  sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 31,0% ni,  sanoatda 29,5 % ni,  yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 28,5% ni tashkil etdi.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 7,2 % ni tashkil qildi (2021- yilning yanvar-iyunida – 7,1 %). Oxirgi 5 yil ichidagi ushbu dinamikani ko‘rib chiqsak, qurilish tarmog‘ining YAIMdagi ulushi 6,7 – 7,4 foiz oralig‘ida bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga Andijon viloyati ijtimoiy transfertlarning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 139,1% ni, 2021- yil  121,2% ni, 2020- yilda esa 123,5% ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 501 768 tani tashkil qilib,