Qo`mita yangiliklari
Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining hududlardagi boshqarma xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib uylarning raqamlanish holati o‘rganilmoqda.
29/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 1- iyun holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (13 559 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.
Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar o’rtacha soni 308 tani tashkil etmoqda.
2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.
2022- yilning 1- yanvar holatiga, Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qariyb 23 mln. ni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 % ga oshgan.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Jami oʻquvchilarning 3 235,7 ming nafari (51,3 %) oʻgʻil bolalar va 3 068,9 ming nafari (48,7 %) qiz bolalar hisoblanadi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 20,1 ming boshni tashkil etdi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Jizzax viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 879,5 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda Jizzax viloyatining aholi jon boshiga YaHM hajmi o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etganligi kuzatildi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi savdoda – 37,0 % ni, xizmatlar sohasida 34,8 % ni, sanoatda 34,5 % ni tashkil etdi.
2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. So’nggi besh yilda sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 600,6 ming boshni tashkil etdi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 28- iyundagi 127- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Statistika idoralarida qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish – ustuvor vazifa” nomli maqolasi chop etildi.
28/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 24- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259- son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Joriy yil 24-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida milliy anjuman tashkil etildi.
27/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbirga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Nazarov Sharofiddin Xakimovich taklif etildi.
706-sahifa 1013 dan


