Qo`mita yangiliklari
13/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.
Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may holatiga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni 74 tani tashkil etdi.
13/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 30,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 47 % ni tashkil etdi.
13/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 376 044 dona qorako‘l teri olingan.
13/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 835 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan.
13/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 3 160,5 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 50,2 % ga oshgan.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 2 685 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9 % ga oʻsgan.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 23 928,6 mlrd soʻmni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 77 % ini tashkil etdi.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan 33,3 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,5 martaga oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.
Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etdi.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 781 086 ming dona tuxum yetishtirilgan.
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga 400 491 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
12/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 806 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9 % ga oshgan.
182-sahifa 1012 dan


