Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi bo‘yicha 2287,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 22,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 36 775 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 726,1 km. ga teng. Umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligida elektrlashtirilgan temir yoʻllarning ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,0 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar–dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 120,5 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar–dekabriga nisbatan 103,5 %), 434,0 ming tonna sut (103,6 %), 387,0 mln. dona tuxum – (101,9 %) yetishtirildi va 11 149 t. baliq (88,2 %) ovlandi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

2022- yilda Namangan viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 %, yuk aylanmasida 89,0 %, yo‘lovchi tashishda 97,4%, yo‘lovchi aylanmasida 94,1% ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 12427,4 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O’zbeksiton Respublikasi bo‘yicha 76401,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 28,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasidagi muzeylarda jami 2157,4 ming dona eksponatlar mavjud boʻlib, shundan 388,3 mingtasini (18,0 %) arxeologiya buyumlari tashkil qiladi.

2022- yilda Navoiy viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 9,2  %, yuk aylanmasida 40,0 %, yo‘lovchi tashishda 87,1%, yo‘lovchi  aylanmasida 87,9% ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,0 % ga teng boʻldi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 5,8 % ga o‘sdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 961,7 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,4 %), shundan sigirlar – 365,1 ming boshni (101,1 %), qo‘y va echkilar – 485,1 ming boshni (102,9 %), otlar – 5,8 ming boshni (101,5 %) hamda parrandalar – 6 518,0 ming boshni (106,8 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 705 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3-martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan: