Qo`mita yangiliklari
2022- yilda Oʻzbekiston 17 ta xorijiy davlatlarga qiymati 25,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 230 mingta kir yuvish mashinalari eksport qilgan.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM 4,0 % ga o‘sdi va 34 858,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida jami 12,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 180,8 ming donna maishiy sovutkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 194,0 % ni tashkil etdi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
Joriy ylining 17- fevral kuni Andijon mashinasozlik insitutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha seminar tashkil etildi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 507443 ta boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani tashkil etgan.
2022- yilning yanvar oyida muzeylarga kirish uchun chiptalar narxlari bir oyda 7,2 % ga oshgan boʻlsa, 2023- yilning yanvar oyida ushbu koʻrsatkich 5,0 % ga past boʻldi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 48,3 % ini tashkil etdi.
2022-yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.
2022- yilda Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlardan qiymati 5,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida temiryoʻl transportida 8 987,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,1 %ni tashkil etdi. Oʻrtacha bir kunda 24,6 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 62 440,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yil ma’lumotlariga nisbatan 5,8 % ga ko‘pdir.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 3 441,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023- yilning 1- fevral holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tshkilotlarning umumiy soni 45 591 tani tashkil etdi.
20/02/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 051,1 ming ta avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,8 % ni tashkil etdi.
Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, 2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.
Baqlajon 2023-yilning yanvar oyida 2022-yilning yanvar oyidagi narxlarga nisbatan 33,2 % ga arzonlashgan.
510-sahifa 1013 dan


