Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 55,5 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni  93 908 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, jami korxonalarning 16,4 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 93 021 taga toʻgʻri keldi.

2023- yilning yanvarida sabzavotlar narxlarining oʻzgarish surʼati yillik nisbatda 2022- yilning yanvaridagi mos koʻrsatkichga nisbatan 11,9 % foiz bandga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni – 9 976 ta yoki 1,9 % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida 12,6 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2,9 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 22,7 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida jami 6,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 110,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Toshkent viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 18,1 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 100,1 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ballni toʻplagan holda mazkur reytingda dunyoda 40-oʻringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni saqlab qoldi.

“Правда Востока” gazetasining 2023- yil 15- fevraldagi 31- sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Do‘snayevning “O'zbekistondagi demografik jarayonlar” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 241,8 tonna yogʻliligi 6 %dan yuqori sut va qaymoq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 15- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo xizmatlarining ulushi umumiy savdo xizmatlarining 65,1 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog’ida 52 292,0 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 269,1 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,4 %ga koʻpaydi.

2023- yilning 1- fevral holatiga koʻra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar jami soni 11 879 ta.

2023- yilning yanvarida un narxlari oʻrtacha 0,2 % ga oshgan.

Savdo sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi savdo sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan.