Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 52,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 40,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,7 % tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,2 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining 2,1 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,3 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 12,7 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 17 287,0 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 7,8-martani tashkil etdi. Shundan 4 694,9 tonna osh tuzi dekabr oyida ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni 4807 tani tashkil etdi. Soʻnggi besh yilda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni dinamikasi quyidagicha aks etdi:

Mobil aloqa xizmatlari tariflari 2022-yilning dekabrida 2021-yilning dekabriga 3,0 % ga past boʻldi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan sohalar quyidagilarda kuzatildi:

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2023- yil 2- fevraldagi 22- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Qobil Berdiqulovning “Mamlakatning mukammal kadastr xaritasi qanday maqsadlarga xizmat qiladi?” nomli maqolasi chop etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida bajarilib, 31908,3 mlrd.so‘mni yoki respublika bo‘yicha hajmning 24,4 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 11,9 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 56,4 % ga yetdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020  o‘quv yili boshiga nisbatan 103 taga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

2023- yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 34,5 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,3 % tashkil etadi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,7 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 93,2 % ini tashkil etdi va 6,2 % ga o‘sdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 0,8 % ga kamaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 15 858,5 tonna makaron ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 132,6 %ni tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

2022- yilning dekabrida bolalar uchun plastmassa oʻyinchoqlar narxlari bir oyda (noyabr oyiga nisbatan) 0,3 %ga oshdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) Respublikamizning quyidagi tuman va shaharlarida kuzatildi:

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida bino va inshootlar qurilishi yetakchilik qilmoqda. Mazkur faoliyat turida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 89,4 trln.so‘mni tashkil etgan holda, 68,4 % ulushni tashkil etdi.