Qo`mita yangiliklari
Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O‘zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- o‘rinni egallagan.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,6 kishini tashkil etdi, shundan 0,4 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 8,9 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 15,9 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 25,8 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 45,3 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi qo‘shilgan qiymati 151 250,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 7,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 32,1 % dan 27,1 % ga kamaydi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020/2021 o‘quv yili boshiga, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining jami soni 6287,9 ming nafarni tashkil etib, ulardan 3052,9 ming nafari (48,6 %) qizlar va 3235,0 ming nafari o‘gil bolalar (51,4 % ) dan iborat.
Respublikamizda yanvar-sentabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.
Joriy yilning yanvar - sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 76890,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar - sentabr oylariga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etdi.
2010- yilga nisbatan 2020- yilda Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 14 185,0 mlrd. so'mga o'sdi va 16 438,3 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yil yakuniga ko‘ra Toshkent viloyatida ko'rsatilgan bozor xizmatlarining jami respublikadagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 43599,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda 2020- yilda 32,7 mingta oshxona mebellari ishlab chiqarilgan.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 19- oktabr kuni Yoshlar ijodiyoti saroyida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,0 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida qiymati 625 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 1 377,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YaHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 6,7 % ni tashkil etdi va 2017- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 1,4 foiz punktga oshdi.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-sentyabr O‘zbekiston Respublikasida jami 76890,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020 yanvar-sentabr oylariga nisbatan tashkil etdi.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 168,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 1560,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 9,7 % va 90,3 % ni tashkil etdi.
19/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
O’zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 1120,2 mlrd. so‘mini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 79,2 mlrd. so‘mni, boshqa xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar 1102,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
932-sahifa 1059 dan

