Qo`mita yangiliklari

2023 yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatidagi maktablar soni 327 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 23,0 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 24,1 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida gender statistikasini yuritish masalasida tadbir tashkil etildi. Unda Statistika agentligi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

2023-yil yanvar oyida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 86,1 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 13,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,6 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 104,2 %, fuqarolik obyektlari qurilishida 102,9 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 137,8 % ni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Buxoro viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 34 102,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 333,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan.

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 481 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida jami 8,8 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar oyida Andijon viloyatida jami 258,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Samarqand viloyatidagi maktablar soni 1 310 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 32,2 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 33,2 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar oyida koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 37,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga o‘sdi va 27 140,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 37 403,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 336,0 ming tonna gips ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 147,1 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 60,0 ming tonna gips ishlab chiqarildi.

Mamlakatimizda 2023-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib (soni 354 866 ta), so‘nggi besh yilda ular sonining o‘sishi quyidagicha bo‘ldi: