Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 33,9 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 102,1 %), 172,9 ming tonna sut (102,7 %), 76,9 mln. dona tuxum – (107,6 %), yetishtirildi va 3 128 t. baliq (118,1 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 921,3 ming tonna suvsiz ammiak ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,3 % ni tashkil etdi.

2021- yilda  faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar sanoat sohasida eng ko‘pi kiyim va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida 1836 ta.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 3292,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 41,0 %ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 511,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 20,8 ming dona avtomashinalar import qilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan Ijara xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 987,4 mlrd. so‘m qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 46 173 nafar 20 va undan kichik yoshdagi birinchi marta farzandli boʻlgan ayollar qayd etilgan.

Joriy yilning avgust oyida ichki yoʻnalishda havo transportidan foydalanish yil boshidan oʻrtacha 7,9 % ga, xalqaro yoʻnalishda esa 2,5 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 70685,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 106,3% ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, shaxsiy xizmatlar hajmi 4 731,8 mlrd.so‘mga teng bo‘ldi.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 7 922,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,6 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 939,2 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1-sentabr xolatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 95 761 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oshgan.

Oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalariga koʻra, 2022- yilning avgustida bir oyda uzum (-12,6 %), nok (-12,4 %) va shaftoli (-8,4 %) narxlarida eng yuqori pasayish qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 92,1 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Buxoro viloyatida (658,0 mlrd. so‘m yoki 2021- yilning yanvar-iyuliga nisbatan o‘sish sur’ati 119,4 % tashkil etdi), Qashqadaryo viloyatida (889,7 mlrd. so‘m yoki 116,1%) Surxondaryo viloyatida (893,4 mlrd. so‘m yoki 113,9 %) qayd etildi. 

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 7,4 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.