Qo`mita yangiliklari
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 21,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 109,9 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, jismoniy shaxslarga tegishli 3 268 470 dona avtotransport vositalari roʻyxatga olingan boʻlsa, shulardan yengil avtomobillar soni 3 051 734 dona (jami avtomobillar soniga nisbatan ulushi 93,4 %), yuk avtomobillari 195 784 dona (6,0 %), avtobuslar va mikroavtobuslar 15 800 dona (0,5 %), hamda maxsus avtotransport 5 152 dona (0,1 %) roʻyxatga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 35,6 mln m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, gilam ishlab chiqarish boʻyicha, Respublikada soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori natija Samarqand viloyatida qayd etilgan.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli 15 800 dona avtobus va mikroavtobuslar roʻyxatga olingan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 571 donaga koʻpaygan (+11 %).
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik (biznes)da qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi umumiy hajmiga nisbatan ulushi 97,1% ni tashkil etdi.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022-yilning may oyida Navoiy (-12,2), Samarqand (-2,0 %) va Fargʻona (-1,8 %) viloyatlarida haydovchilikka tayyorlash kurslari xizmatlari uchun toʻlovlar arzonlashdi.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublika boʻyicha 15-49 yoshdagi 1000 nafar ayollardan oʻrtacha 4 nafarida homiladorlikni toʻxtatish holatlari qayd etilgan boʻlib bu koʻrsatkich 2017-yilda 5 nafarni tashkil etgan.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-may oyida respublika boʻyicha 338 636 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 71,0 %ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 19,5 %ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 9,5 %ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda reproduktiv yoshdagi ayollar oʻrtasida homiladorlikni toʻxtatish asosan 20-34 yoshdagi ayollarga toʻgʻri kelib jami abortlarni 83,8 %ni tashkil etadi.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 34,1 %ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 43,1 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 22,8 %ni tashkil etdi.
08/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2022- yil yanvar-may oylarida jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 42 652 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
07/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida gender tengligini ta’minlash maqsadida qo’mita markaziy apparati xodimlari tomonidan Farg’ona va Surxondaryo viloyat statistika boshqarmalarida seminarlar tashkil etildi.
07/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 7-iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
07/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 45,2 % ni tashkil etdi.
07/06/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil yanvar- may oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar soni 42 652 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) quyidagicha shakllandi:
2022-yilning may oyida sabzavot mahsulotlari orasida bodring (-42,7 %), pomidor (-31,0), sarimsoq (-23,6 %), bulgʻor qalampir va karam (-20,9 % dan), baqlajon (-1,8 %) narxlari arzonlashdi.
720-sahifa 1011 dan


