Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022-yilning 1-yanvar holatiga tabiiy gaz bilan taʼminlangan kvartira (uy)lar soni 3 958,1 ming birlikni tashkil etib, jami kvartira (uy)lar soniga nisbatan 55,4 % ni tashkil etmoqda.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida respublika boʻyicha 3 695 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta boʻlgan. 

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 2157,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, respublika hajmining 5,9 % ini hamda o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni vtashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 332,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha: bir kishilik -2,0 %, ikki kishilik - 4,1 %, uch kishilik - 13,0 %, to‘rt kishilik - 16,9 %, besh kishilik - 23,8 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari - 40,2 %ni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,4 birlikni tashkil qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil 1- aprel holatiga respublikamizda sigirlarning umumiy bosh soni 4 675,9 ming boshga yetdi.

Shuningdek, qo‘mita tashabbusi bilan, Yangihayot tumani aholisini doimiy tarzda respublikamizning yetakchi teatrlariga olib borish tashkil etilmoqda.

2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

2021-yilda faoliyat koʻrsatgan teatrlarlarda yil davomida jami 9476 ta spektakllar namoyish etilgan boʻlib shundan 719 tasi bepul spektakllar hisoblanadi.

2022-yilning may oyida dam olish markazlarining xizmatlari uchun toʻlovlar oylik nisbatda 0,5 % ga, yil boshidan 12,3 % ga, yillik nisbatda esa 13,1 % ga oshgan.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7 147,2 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yildagi koʻrsatgichga nisbatan (6 589,9 ming) oʻsish 8,5 % ni yoki 557,3 ming birlikni tashkil etgan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, jami Internet abonentlari sonida (22 987,2 ming) mobil Internet abonentlarining (20 991,8 ming) ulushi 91,3 % ni tashkil etmoqda. Oʻtgan yilning shu davrida esa mobil Internet abonentlarining ulushi 89,8 % ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may  oylarida respublika boʻyicha 90 365 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Jizzax viloyatida jami 998,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan teatrlarda jami 9476 ta spektakllar namoyish etilgan boʻlib eng koʻp spektakl 3974 ta drama janrida namoyish etilgan.

Joriy yilning dastlabki besh oyida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalariga koʻra, pullik taʼlim sohasida narxlarning eng yuqori oʻsish surʼati 2022-yilning may oyida (1,3 %), yil boshidan (3,6 %) va yillik nisbatda (13,3 %) ham chet tili va shu kabi boshqa oʻquv kurslari xizmatlarida qayd etildi.