Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 21074 ta Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6736,7mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 537 394 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,1 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,2 foizini (474 066 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2022- yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 188,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha О`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar mablag‘lari hisobidan 1210,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 75,1 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida 2022- yil 1-yanvar holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  14,2 birlikni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Surxondаryo viloyati 0,5 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 7,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 16,1 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 27,5 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 44,6 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1271 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 14982,8 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 039 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 106,8 foizga oshgan.

2022- yilning yanvar oyida Farg`ona viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 324,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahri bo`yicha O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 6012,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 198,5 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2022- yil 1-yanvar holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  19,8 birlikni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Namangan viloyati 1,2 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 5,5 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 9,7 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 18,6 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 21,3 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 43,7 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 054,8 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan.

2022- yilning fevral oyida karam narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda oʻrtacha 3 % ga oshgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 640,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 11 286,9 ming tonna – sut, 8 053,1 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 790 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,3 foizga oshgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 151,1 trln.soʻmni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,9 % ni tashkil qildi.

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 531 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 067 ta va xorijiy korxonalar 7 464 tani tashkil etmoqda.