Qo`mita yangiliklari
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 42 trln soʻm yoki jami investitsiyalarning 18,3 % ini tashkil etgan.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 28- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyul oylarida 10,1 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Ozarbayjonga ketgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi oʻtgan tegishli davrlardan yuqori boʻlib, 111,6 trln soʻmni tashkil etgan.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 21- fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarning umumiy soni 274 118 boshni tashkil etgan.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 422 872,5 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.
28/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning 1- avgust holatiga 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 725,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 2 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 13,6 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyul oylarida 9,6 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 8,4 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy import hajmining 44,5 % ini tashkil etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 980,1 ming boshni tashkil etgan.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning 1- iyul holatiga Oʻzbekistonda 1 km kv yer maydoniga oʻrtacha 82,7 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.
27/08/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning 1- iyul holatiga Oʻzbekistonda 1 km kv yer maydoniga oʻrtacha 82,7 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.
149-sahifa 1010 dan


