Qo`mita yangiliklari
2023-yil yakunlariga ko‘ra, savdo sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 63,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 9,9 % ga o‘sdi.
24/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 18–19-aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ekologik monitoring va baholash bo‘yicha Ishchi guruhning 26-sessiyasi natijalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.
24/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 467,8 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 % ni tashkil etgan.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 24-apreldagi 78-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Maroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi Abrorali Mamadjanovning “Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash mezonlari” nomli maqolasi chop etildi.
24/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 606 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.
24/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 230,9 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 % ga oshgan.
2024- yilning yanvar-mart oylarida jami 107,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 174,5 % ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 32,6 % ni tashkil qildi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
“Xalq soʻzi” gazetasining 2024-yil 23-apreldagi 78-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Biz 37 000 000ga yetdik!” nomli maqola chop etildi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 15–19-aprel kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tashkil etilgan “Uy-joy narxlari indeksini hisoblash boʻyicha mintaqaviy seminar” mavzusida seminar natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (25,1 %) tashkil etdi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning 18–19-aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ekologik monitoring va baholash bo‘yicha Ishchi guruhning 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, onlayn gazetalar, jurnallar va elektron kitoblarni oʻqish yoki yuklab olish uchun internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024-yil 22-martdagi 1-son bayonida berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqqan holda o'rganishlar olib borilmoqda.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 62,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.
23/04/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kollejlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 22 801 nafarni tashkil etgan.
203-sahifa 1011 dan


