Qo`mita yangiliklari

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 29-martdagi 63-sonida “Aholini roʻyhatga olish shunchaki statistika emas” nomli maqola chop etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 25,6 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 176 ta  korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida texnikumlarda tahsil olayotgan oʻquvchilar 124,7 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 37,3 ming nafarni, qiz bolalar 87,4 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid o‘quv-amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 137 456 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil yanvar-fevral oylarida avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 52,9 % ni yoki 4,9 trln. soʻmni tashkil etgan.

2024-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Avstraliya, Kanada, Estoniya, Finlandiya, Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya va Qoʻshma Shtatlarning Milliy statistika idoralari hamda Yevrostat, XVF, UNEP, UNSD, OECD va UNECE kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish” mavzusida toʻqqizinchi seminar natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi vakillari hamda Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari oʻrtasida tajriba va amaliyot almashish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 3,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 349,4 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 5,2 % ga oshdi.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 59 679 tani tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.