Qo`mita yangiliklari

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri kelgan.

 2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 71,3 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 1 089,4 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 2 marta oshdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 645,1 ming  nafarni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni oʻrtacha 349 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 719,1 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (26,3 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Statistika agentligida “International Open Data Day” doirasida “Open Data Day Tashkent – 2024” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, YAIM oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 1,0 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,5 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish tarmogʻi 2,6 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi.

Joriy yilning 1-fevral holatiga koʻra, 617 374 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, oʻsish surati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-mart holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 473,3 mingtani tashkil etdi, ulardan 405,2 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha  1 091,9 mlrd. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 16,6 % ga koʻpaydi.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 9-martdagi 50-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning “Global statistikada uygʻunlik – shaffoflik va aniqlikka xizmat qiladi” nomli maqolasi chop etildi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni 96 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 487 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan.