Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Fargʻona viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 7,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  71,9 % ni tashkil etgan. 

2023-yil yanvar-dekabr oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha bozor xizmatlari hajmi 14,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda xizmatlar sohasida  jami 123,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 37 720 nafarni tashkil etgan.

Namangan muhandislik-texnolgiya institutida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 1 784 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 5,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  76,7 % ni tashkil etgan. 

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Qashqadaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 77 %ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻida 262,8 trln.soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga qurilish sohasida jami  34 629 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 378,7 ming tonna tabiiy qumlar qazib olingan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 16 548,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 5,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  80 % ni tashkil etgan. 

2024-yil 16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qarori ijrosi hamda 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ga muvofiq, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olayotyotgan Media marketing va Iqtisodiy jurnalistika yoʻnalishi talabalari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

   Joriy yilning 16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

    Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.