Qo`mita yangiliklari

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 12-yanvardagi 8-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning “Global “Gold level” sertifikati yoxud Oʻzbekiston statistika tizimi faoliyati boshqa xalqaro reytinglarda qanday baholanayotgani haqida” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga oʻsib, 23 145,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 6 626,3 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Qashqadaryo viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4 372,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 6 627 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 34,8 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 6 436,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 154,2 tonna muzlatilgan baliq ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yil yanvar-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boyicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori hajmi savdo xizmatlarida – 64 447,3 mlrd. soʻmni, transport xizmatlarida – 37 139 mlrd. soʻmni, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 8 532,4 mlrd. soʻmni va shaxsiy xizmatlarda – 7 757,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 57 274,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga qurilish sohasida 53 128 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 773,3 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 2 009 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,8 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 3 273,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 40 191 dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 16 138,1 mlrd. soʻmnni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Buxoro viloyatida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boʻyicha taqsimlanishi: