Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 85 529 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Chorak finalda Statistika agentligi vakillariga Tashqi ishlar vazirligi jamoasi raqiblik qildi. O‘yinning asosiy qismi 2:2 hisobida durrang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Statistika agentligi jamoasi g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Demografiya statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistika sohalaridan biri bo‘lib, aholi soni, tarkibi, aholi yoki uning guruhlari joylashuvi va takror hosil bo‘lishi bilan bog‘liq maʼlumotlarni statistik usullardan foydalangan holda yig‘ish, qayta ishlash, ifodalash va tahlil qilish faoliyati bilan shug‘ullanadi;

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot o‘sishi 5,8 % ga yetdi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 685 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 8 786,2  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 523,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 197,0 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  113,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida jami 5,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (40,4 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,3 %) va Farg‘ona (5,8 %) viloyatlari kabi hududlarga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 292 729,2 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 285 088,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 5 662,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 978,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 44,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 88,0 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,8 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 15 276 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 750,9 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.