Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 82,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 2 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,9 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 28,5 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 25 846,7 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 3,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 16,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri aholi jon boshiga umumiy daromadlari 22,1 mln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 46,5 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 20,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 546 ta bo‘lib, ular 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Toshkent shahrida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 40,8 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 28,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 2,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.