Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-martida – 0,3 f.p., 2020- yilning yanvar-martida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,7 f.p.

2022- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Toshkent  shahrida (11,0 %), Qashqadaryo (10,8 %), Navoiy (10,6 %), Namangan (9,5 %) va Jizzax (8,1 %) viloyatlarida yuqori o‘sish kuzatildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Navoiy viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, respublika doimiy aholisi sonining 31,% i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 57,4 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 11,1 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

2022- yil yanvar- mart oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 426,8 ming so‘mni tashkil etib, (2021- yil yanvar- mart oylarida 2876,4 ming so‘m bo‘lgan) 2021- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 119,1 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar- mart oylarida norasmiy sektor tomonidan eng yuqori o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston    Respublikasi (2021- yining mos davriga nisbatan 131,9 % ), Farg‘ona viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,9 % ), Navoiy viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,3 % ) ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 145,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 25,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 17,9 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi  ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 61,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,9 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. 

2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘mni (yoki 419,9 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 455 ta elektromobil import qilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 40,2 ming tonna banan import qilingan.

2022- yilning 1- aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga oʻrtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

2022- yil yanvar- mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 977 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 475 465  tani tashkil etgan.