Qo`mita yangiliklari
03/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 2- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil IV chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
03/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 493,8 ming dona maishiy sovutkichlar va muzlatkichlar ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich оʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 114,2 % ni tashkil qilgan.
2021- yilda xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 128,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,7 mln. tonna sement import qilingan.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 151,1 trln.soʻmni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,9 % ni tashkil qildi.
02/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida transportda tashilgan yuklar hajmi 1 511,9 mln. tonnani tashkil etib, bu 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 10,6 % ga ko‘pdir.
02/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 476,9 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 87,7 % ni tashkil qilgan.
02/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 317,8 trln. soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 302,5 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi.
2021- yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 34,4 mln. AQSH dollariga teng 75,2 ming tonna xurmo eksport qilgan.
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.
2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 67,2 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 27,9 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Savdo korxonalari yillar kesimida qaralganda quyidagicha taqsimlangan:
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,4 % ni tashkil etdi, shu jumladan:
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Yanvar- dekabr oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 72,4 % ini tashkil etdi, shu jumladan:
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 43,0 % i yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.
2021- yilda sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.
01/02/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Jizzax viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 47,5 %i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 40,2 % va Toshkent viloyatida 37,1 % ni tashkil etdi.
808-sahifa 1011 dan


