Qo`mita yangiliklari

2021- yilnig yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi. Respublika bo`yicha bajarilgan jami qurilish ishlarining 70,4 % i yoki 75684,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratildi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 1,0 f.p. (2020- yilda – 0,7 f.p.), sanoat tarmog‘i – 2,2 f.p.(2020- yilda – 0,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p.(2020- yilda – 0,6 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 3,3 f.p. (2020- yilda –0,3 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,5 f.p. (2020- yilda – 0,1 f.p.)ga ko‘paydi.

2021- yil yanvar- dekabr oylarida hududlarda davlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida  kuzatilib, 0,9 trln. so‘m miqdorida yoki mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 17,6 % ini tshkil etdi.

2020/2021- o‘quv yilida Respublikamizda har 10 000 aholiga to‘g‘ri keladigan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari soni 165 nafarni tashkil etgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 19,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 110,9 % ni tashkil etdi.

2021- yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 734,6 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga o‘sdi.

2021- yilda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaydi.

2021- yilda Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 419,3 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 100,8 %), kartoshka – 51,0 ming tonnani (101,1 %), sabzavotlar – 212,5 ming tonnani (100,7 %), poliz ekinlari – 190,3 ming tonnani (104,1 %), meva va rezavorlar – 26,5 ming tonnani (100,7%) hamda uzum – 11,3 ming tonnani (105,5 %) tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020/21-oʻquv yilida respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra,  2021- yilning dekabr oyida uzum narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 30 % ga qimmatlashgan.

2021- yil yakunlari boʻyicha hududlarning tashqi savdo aylanmasi

2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 60,1 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 32,9 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 54,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijasi bo'yicha ma'lumot

2021- yilning yanvar - sentyabr oylarida Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 726,3 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 105,2 %), kartoshka – 245,7 ming tonnani (102,4 %), sabzavotlar – 807,3 ming tonnani (104,8 %), poliz ekinlari – 52,0 ming tonnani (108,7 %), meva va rezavorlar – 298,3 ming tonnani (102,9%) hamda uzum – 115,6 ming tonnani (102,6 %) tashkil etdi.