Qo`mita yangiliklari

2021- yilda mamlakatimizda jami 774 ming tonna neft xomashyosi qazib olingan.

 Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirildi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarning eng yuqori hajmi Toshkent shahrida (4 484,1 mlrd. so‘m) shuningdek, Samarqand (887,7 mlrd. so‘m), Farg‘ona (636,5 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (596,7 mlrd. so‘m), Buxoro (582,7 mlrd. so‘m), Andijon (553,8 mlrd. so‘m) va Namangan (501,3 mlrd. so‘m)  viloyatlarida qayd etildi.

 2021-yilning dekabr oyida avtomobil toʻxtash joylari xizmatlarining narxlari 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,3 % ga qimmatlashgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da xizmatlarning  umumiy hajmi 51,2% ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning dekabr oyida limon narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2 % ga arzonlashgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Toshkent viloyatida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da xizmatlar hajmi 102 938,0 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,6% ni tashkil etdi.

2021- yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari  tomonidan 5,1 mln. tonna koʻmir ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1472,8 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,8 martani va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 25,4 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Surxondaryo viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 608,3 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 100,2 %), kartoshka – 287,4 ming tonnani (100,3 %), sabzavotlar – 837,7 ming tonnani (103,2 %), poliz ekinlari – 198,0 ming tonnani (101,2 %), meva va rezavorlar – 119,3 ming tonnani (102,5%) hamda uzum – 87,1 ming tonnani (108,5 %) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 28 474,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,8 % ga, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 27,3 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 4061,1 mlrd. so‘m tog'-kon sanoati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Samarqand viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 572,5 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 81,9 %), kartoshka – 514,3 ming tonnani (100,4 %), sabzavotlar – 1185,4 ming tonnani (102,0 %), poliz ekinlari – 83,4 ming tonnani (102,8 %), meva va rezavorlar – 288,6 ming tonnani (100,9 %) hamda uzum – 498,4 ming tonnani (104,0 %) tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 5791,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 119,6 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 10 645,8 mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 558,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 19,0 % ga, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 22,8 % ga o‘sdi.