Qo`mita yangiliklari

 Toshkent shahri aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 60,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (47,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (13,1 %) o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,0 %) bo‘yicha qayd etildi.

2020/2021 o‘quv yili boshiga respublikamizda 20 ta xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritgan.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 69,3 % ni tashkil etgan bo‘lib,2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,0 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, Navoiy viloyatida jami 3624,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 117,2 % ni tashkil etdi.

 Ushbu so‘rovnomada 18829 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 6828 (36,3 %)tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi.

2020/2021-o‘quv yili boshida mamlakatimizda texnikumlar 187 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha:

2021- yil yanvar - oktabr oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 84 101 tani tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 84,7 % ni tashkil etdi.

2020/2021-o‘quv yili boshida mamlakatimizda kollejlarning hududlar kesimida soni 206 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha:

2021- yilning yanvar - sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha axborot va aloqa tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 322,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 21,6 % ga o‘sdi.

2021- yil 13- dekabr kuni Davlat statistika qo’mitasi rahbariyatining Jahon banki missiyasi bilan “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi bo’yicha onlayn uchrashuvi bo’lib o'tdi.

            Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va  mikrofir-malarning taqsimlanishi (ulushi) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida-   7,0 % (1294 ta), sanoatda – 18,0 % (3395 ta),  qurilishda – 8,8 % (1665 ta), savdoda – 38,0 % (7163 ta), xizmatlar sohasida – 28,2 % (5312 ta)ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar – sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 3816,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 35,2 % ini tashkil etdi.

2021- yil yanvar - sentabr oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi  aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,2 % ni tashkil etib, 2020- yil yanvar- sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil qildi.

2021- yil yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy  hajmidagi eng katta ulushni Toshkent shahrida – 36,6 % (2020- yilning  yanvar-oktabr oylarida – 36,4 %).

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.