Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2020- yil yakuniga ko‘ra mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar soni 511,1 ming nafarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017- yilga nisbatan 295,5 ming nafarga oshgan.

2010- yilga nisbatan 2020- yilda Surxondaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 217,6 mlrd. so'mga o'sdi va 8 013,9 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yilda ko'rsatilgan umumiy bozor xizmatlari hajmida Surxondaryo viloyatining xizmatlar hajmi 3,6% ni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,5 kishini tashkil etdi, shundan 0,9 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 1,8 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 8,8 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,3 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 26,4 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 44,9 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar

Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 237 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 908 taga ko‘paygan.

Sentabr oyida pul o‘tkazmalari uchun ko‘rsatilgan xizmat  narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,1 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning 13- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

O‘zbekistonda 2020 yilda 295 tonna tanga pullar ishlab chiqarilgan.

Sentabr oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 3,1 % ga qimmatlashgan.

2010- yilga nisbatan 2020- yilda Namangan viloyatida xizmatlar hajmi 7 958,7 mlrd. so'mga o'sdi va 8 928,6 mlrd. so'mga teng bo'ldi.

2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi  4661,2 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha ovchilikka biriktirilgan umumiy yer maydoni 4  761,6 ming gektarni tashkil etdi.

2021- yil 1- yanvar holatiga 352 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 43 tasi qishloq joylarda joylashgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami 333 498 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 319 100 tasi faoliyat yuritmoqda.

2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha madaniy o‘rmonzorlarning umumiy maydoni 949,8 ming gektarni tashkil etdi.

Jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar soni 2021- yil 1- yanvar holatiga 6578,9 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ulardan 3193,3 ming nafarini qizlar tashkil etadi.