Qo`mita yangiliklari

2024-yilning 1-aprel holatiga 14 226 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 110,3 mln litr tabiiy mineral  gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 47,2  % ga oshgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra ishtirokchisi mavjud jami 20 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 319 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – KSZ), 22 ta texnopark hamda 439 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 771 tani, KSZda 2 472 tani, texnoparklarda 1 863 tani va klasterlarda 442 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 4,7 trln soʻmni, 2023-yilga nisbatan oʻsish surʼati esa 110,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 43 452,4  mlrd so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,5% ni tashkil etdi.

“Oʻzbekiston ovozi” gazetasining 2024-yil 15-maydagi 20-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining turizm statistikasiga oid koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlashda 15 923,4 mlrd soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 32,1 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 7 034 tonna sabzavot yetishtirilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga qurilish sohasida jami 31 703 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 1 475,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 38,4 % ga oshgan.

Dastlabki maʼlumotllarga koʻra, 2024-yil yanvar-mart oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 339,7 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan oʻsish surʼati 105,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 14-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.