Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida trolleybus transportida jami 361,7 ming yoʻlovchi tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 28,0 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi – 49,3% ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 306 ta va xorijiy korxonalar 8 847 tani tashkil etgan.

2022- yilning oktabr oyida sement oylik nisbatda 1,3 % ga, yil boshidan 6,0 % ga va yillik nisbatda 2,5 % ga qimmatlashdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida jami 4728,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha investitsion faollikning yani asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investitsiyalarning 2021-yilning mos davriga nisbatan eng past o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida – 97,6 % (investitsiya hajmi 41061,9 mlrd. so‘m) va Qashqadaryo viloyatida – 96,0 % (11668,6 mlrd. so‘m)  qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 28,0 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 11- noyabr kuni  Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatildi.

2022- yilning oktabr oyida turar joylar bilan bogʻliq xizmatlar narxlari bir oyda oʻrtacha 2,6 %ga oshdi.

2022- yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

2022- yilning 9 oyi davomida tramvayda jami tashilgan yoʻlovchilar soni 2 122,5 ming nafarni tashkil etib, bu esa oʻtgan yilning shu davrida tashilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 537,4 ming nafarga yoki 33,9 % ga koʻp.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 57,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga oshgan.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 118,5 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan navbatdagi onlayn seminar o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.