Qo`mita yangiliklari

Noyabr oyida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 % ga qimmatlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida bodring narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 28 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning noyabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 76 ta elektromobil import qilingan.

2021- yilning 17- dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutida viloyatdagi korxona va tashkilotlar buxgalterlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 244,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,3 % ga o‘sdi.

2021- yil 1- oktabr holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 16,1  birlikni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 95829,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 1602,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,1 % ini tashkil etdi,) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 3 337,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 14,7 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatimizda 4,6 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning 1- dekabr holatiga respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 55,2 % ni tashkil etgan. 

2021- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 417 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 95829,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 37 940,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 4 954,7 mln. AQSH dollariga yoki 15,0 % ga koʻpaydi.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 216 085,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 111,0 % ni tashkil etdi

2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 18,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 17 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.