Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari sonining dinamikasini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 2019- yilda 6748,5 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020- yil 1504,1 ming kishi boʻlgan.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yorqin hayot mahallasida aholi turar- joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.

Mamlakatimizda Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020- yil yakuniga ko‘ra jami 52105 ta sport inshootlari mavjud boʻlib, shundan 27909 tasi (53,6 %) qishloq joylarida tashkil etilgan bo‘lsa, 24196 tasi (46,4 %) shahar joylarida joylashgan

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 27- iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 20- maydagi 01-07/1-953-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.

Bugun, 25- iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tashkiligida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining rahbarlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 25- iyundagi 133- sonida “Barqaror rivojlanish istiqbollari belgilab olindi” va “Malumotlarini yig’ish, jamlash va ishlash jarayonida ishtirok etadigan subyektlar faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda” nomli maqolalar chop etildi.

2021- yilning 23–24- iyun kunlari Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-may oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72,2 % ga kamaygan.

O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.