Qo`mita yangiliklari

2024-yilning 24-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 17–18-iyun kunlari Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi hamda davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Gruziya tajribasini o‘rganishga qaratilgan xizmat safari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 27 916 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

Joriy yilning 27-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 17–18-iyun kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori rahbarligidagi delegatsiya Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, shu jumladan, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Gruziya tajribasi, “Ochiq hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zolik davrida mamlakatda erishilgan yutuqlar, davlat xaridlarining ochiq va shaffofligini ta’minlovchi elektron xaridlar platformasi hamda ochiq ma’lumotlar bilan ishlashning ilg‘or tajribasi, davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari joriy etilishi kabi masalalar yuzasidan tajriba almashish maqsadida Gruziyaga xizmat safari amalga oshirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 51 791,3 mlrd soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 24,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 40,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 100 279,7 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 42,7 % i yaratilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 100 279,7 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 42,7 % i yaratilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 20 558 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may holatiga O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 367 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 3 950,1 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 % ga o'sgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 1,1 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.