Qo`mita yangiliklari

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar–sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 28 618,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan 521,4 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 116,3 trln. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

“Биржа” gazetasining 2023-yil 7-dekabrdagi 97-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Jahongir Qambarovning “Statistika sohasida global tajriba almashish” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 463,4 tonna yogurt ishlab chiqarildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi qariyb 5 trln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida qurilish sohasida 4 204 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida 14 730 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Janubiy Koreyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 96 183 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 4–11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakillari  bilan uchrashuv o‘tkazilishi  belgilangan.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Toshkent shahrida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan 4,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 3 трлн. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 853,6 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

2023-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz Ochiq ma’lumotlar institutining (Open Data Institute) “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.