Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 8,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan  663,3 tonna atir import qilingan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 194,2 mlrd. so‘m.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 11 304,3 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 352,1 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 523 852 taga yetdi.

2022- yilning so'nggi oyida respublikada banan narxi o'rtacha 4,7 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, 2022- yilda banan 11,4 foizga oshdi.

2021-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydasi 22 567,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 6 856,7 mlrd. soʻmga koʻpaygan.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi va 23,5 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida 8,2 trln. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 1,3 trln. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda sport maktablari va seksiyalarida kurash bilan shugʻullanuvchilar jami soni 66 885 nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 79,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,6 %) viloyatlarida kuzatildi.

Respublikamizda 2022 yilning 1- dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar soni 36 465 nafar boʻldi.

Respublikaning beshta mintaqasida 2022 yil dekabr oyida parranda go'shti narxining pasayishi qayd etildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,6 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida 39,0 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 15 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 589 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86143,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan.