Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 17,6 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2021- yilda 17,9 %ni, 2020- yilda 19,7 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning noyabr oyida respublikaning 3 ta hududida xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatlari narxlarida pasayish qayd etildi.

Joriy yilning 10 oy davomida 60316 nafar chet el fuqarolari davolanishga Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa ularning 50,6 foizi tojikistonliklardir.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida  kichik tadbirkorlik (biznes) umumiy hajmiga nisbatan ulushi 96,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 35,4 % i) ga to‘g‘ri keldi.

  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami 3359,0 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 4598,4 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2022-yilning 1-noyabr holatiga 132,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga safar qilgan, ulardan:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 850282 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 16,7 %ni tashkil etdi.

Joriy   yilning 13- dekabr kuni Davlat  statistika  qoʻmitasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilovning yaqinda Yaponiyaning  Tokio shahrida “COVID-19 pandemiyasi davrida aholini roʻyxatga olishning 2020- yil raundidagi taʻsirini baholash va muammolarini bartaraf etish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimoti o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 42,6 ming tonna mandarin import qilgan.

2022-  yil yanvar-sentabr oylarida oʻrtacha sutkalik hisobda temir yoʻl transportida yuk tashish 201,0 ming tonnani tashkil etdi yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan.

2022-yil 1-oktabr holatiga, Namangan viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 756,8 ming boshni (2021- yil 1- oktyabr holatiga nisbatan 102,6 %), shundan sigirlar – 245,7 ming boshni (102,9 %), qoʻy va echkilar – 807,4 ming boshni (102,3 %), otlar – 6,8 ming boshni (102,7 %) hamda parrandalar – 5 778,3 ming boshni (101,7 %) tashkil etdi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paygan.

Joriy yilning 6–7- dekabr kunlari Polshaning Krakov shahrida Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari xodimlari uchun statistik baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning noyabr oyida havo transporti xizmatlari narxi oʻrtacha 6,5 % ga oshdi.