Qo`mita yangiliklari

2021- yil yakunlariga koʻra, Toshkent shahri boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 525 028 donani tashkil etib, 2017-yildagi avtomobillar soniga nisbatan 178 499 donaga oshgan (+51,5 %).

2022- yilning yanvar-mart oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami –  1130,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: maxsus iqtisodiy zonada –  472,0 mlrd. so‘mni, kichik sanoat zonasi –  228,5 mlrd. so‘mni, texnopark –  10,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda –  419,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar 1868,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrda raqobat  muhiti  yaxshilangan deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi

2022- yilning yanvar - may oylarida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 27,1 % ni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,8 % punktga kamaydi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar 1695,5 mlrd. so`mni tashkil etdi.

2022- yilning 1-iyul xolatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 94 272 tani tashkil etib,

2022- yilning yanvar - may oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,9 % punktga ko‘paydi va 17,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 119 tani tashkil etib,

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, sanoatda yaratilgan YAQQ hajmi 189 606,8 mlrd.so‘mni tashkil etgan bo‘lib, har bir band aholi birligiga 100,7 mln.so‘m YAQQ to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning 1- iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari

2021/2022 oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni 10 289 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 353 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 211 ta va xorijiy korxonalar 8 142 tani tashkil etgan.

2021-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida mavjud 562,7 ming dona koʻcha yoritkichlarining 90,2 % qismi (507,5 ming dona) svetodiodli yoritish uskunalari (“LED” chiroqlari) bilan jihozlangan. Oʻtgan yil ularning soni 444,8 ming donani tashkil etgan (+62,7 ming dona).

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 119 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davri nisbatan 107,9 foizga oshgan. Bundan tashqari joriy yilning olti oyida bu sohada 1 360 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning
1 356 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.