Qo`mita yangiliklari

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 3 268 470 donani tashkil etib, oʻtgan 5 yil davomida ularning soni 995 051 donaga oshgan (+43,8 %).

Yoz oylari odatda poliz ekinlari pishib yetiladigan davr hisoblanadi. Joriy yilning iyun oyi davomida tarvuz 10,4 % ga arzonlashdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Qashqadaryo  viloyatida – 65,6 % ni, Jizzax viloyatida 55,4 % ni, Surxondaryo viloyatida 52,3 % ni, Qoraqalpog’iston Respublikasida 48,4 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, respublikada YAIM hajmi 734 587,7 mlrd.so‘mni tashkil etgan bo‘lib, har bir band aholiga 54,3 mln.so‘m YAIM to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning iyun oyida uzum oʻtgan oyga nisbatan 5,9 % ga arzonlashdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Xorazm viloyatida 59,9 % ni, Namangan viloyatida 58,8 % ni, Farg‘ona viloyatida   54,3 % ni va Toshkent shahrida 54,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda 14 353 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikamizning koʻchalari 562,7 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi. Oʻtgan yilga nisbatan ularning soni 40,6 ming dona (7,8 %)ga koʻpaygan.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 353 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 539 taga ko‘paygan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami 2 931 dona chiqindi tashuvchi (maxsustrans) avtomobillar mamlakatimiz tozaligini taʼminlashda xizmat qilmoqda. Oʻtgan yilga nisbatan ular soni 136 dona (18,5 %)ga oshgan.

2022-yilning iyun oyida may oyiga nisbatan baqlajon (- 44,7 %) boshqa meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan yuqoriroq darajada arzonlashdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi sanoatda 51,2 % ni, xizmatlar sohasida 50,7 % ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50,2 % ni, savdoda 49,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning iyun oyida olma 5,8 % ga arzonlashdi.

2022-  yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalari soni 10289 tani tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 1732 taga oshgan.