Qo`mita yangiliklari

2022- yilnig yanvar-may oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi.

  O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28340,5 milliard so‘mni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-may oylarida hududlarda davlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida  kuzatilib, mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 6,2 % ini tshkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 33,9 % ni tashkil etdi

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 133,7 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, ularning 70,6 % qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 496,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 178,8 foizni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 1290 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar ishga tushirilib, ularning 32,6 % i qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublika boʻyicha ilk bor oila qurayotgan ayollarning oʻrtacha yoshi 22,3 yoshni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston qiymati 335 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga oshgan.

Joriy yilning 20–22- iyun kunlari Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning may oyida tabiiy gullar 2,2 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, ushbu mahsulot joriy yil boshidan 5,3 % ga va oʻtgan yilning may oyiga nisbatan 6,2 % ga oshgan.

2022-yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi. Yil boshidan sut 8,3 % ga qimmatlashgan boʻlsa, oʻtgan yilning may oyiga nisbatan sut narxi 16,6 % ga oshdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha 1 808 ta pochta aloqa boʻlimlari mavjud boʻlib, shulardan 450 tasi shahar joylarda (jamiga nisbatan 24,9 %)  va 1 358 tasi esa qishloq (75,1 %)  joylarda faoliyat yuritadi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda Qonun va qarorlarni batafsil yoritishdan iborat.

2022- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ATSlarda umumiy montaj qilingan raqamlar sigʻimi 2 161,3 mingtani, shulardan foydalanilgan raqamlar 1 485,9 mingtani tashkil etmoqda (68,8 %).