Qo`mita yangiliklari

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YaHM 14 158,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning yanvar-iyun ma’lumotlariga nisbatan 6,8 % ga ko‘pdir.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida 211,9 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020-2021- o‘quv yili boshiga oliy ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan bitta professor-o‘qituvchi xodimga to‘g‘ri keladigan talabalar soni 17,8 nafarni  tashkil etadi.

2021- yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) (2020-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,4 % ga ko‘p) yetishtirildi.

2021- yilning yanvar–iyun oylarida 45 497 tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,1 %ni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha aholining umumiy daromadlar hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 17–19- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasining Statistika ishlarni tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi bilan hamkorlikda

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 233,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston qiymati 479,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 841,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

 

         Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yili boshiga Akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 40,9 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017/2018-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda (2017/2018-o‘quv yili 85,8 ming nafar) o‘quvchilar soni 44,4 ming nafarga kamayganini kuzatish mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati 479,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 841,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar soni jami 106,8 ming nafarni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami 323 066 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 306 753 tasi faoliyat yuritmoqda.

O’tgan yilning mos davriga nisbatan 2021- yilning yanvar-iyun oylari natijasiga ko‘ra, Havo transportida tashilgan yo‘lovchilar soni 70,9 foizga ko‘payib, jami 1 077,0 ming kishini tashkil etdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 10- maydagi PF-6222-son “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi