Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 343,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda jami 167,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.  

2024-yil 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 37 355,4 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18 809,5 ming kishini, ayollar soni 18 545,9 ming kishini, shahar aholisi soni 19 047,1 ming kishini, qishloq aholisi soni 18 308,3 ming kishini tashkil etdi.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish jarayonlarini namunaviy modeli” (GSBPM – The generic Statistical Business Process Model) milliy modelini amaliyotga joriy etish doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 196 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 23- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligining “O‘zbekiston Respublikasida energiya tejashni oshirish” loyihasi ustida ishlayotgan missiyasi tashrif buyurdi.  

2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1 683,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 23-  oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 14–16- oktabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va Yevropa Statistiklari Konferensiyasi tomonidan inson resurslari va ta’limni boshqarish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4 588,3 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 53,2 trln soʻmni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi 49 291,2 milliard so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 901 ta.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida temir yoʻl transportida 7 324,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 66,4 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5 732,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 22- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.