Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 116,8 ming so‘m),

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, Statistika agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yangi tarkibda tuzildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 401,3 mingtani tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,4 birlikni tashkil qildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʻlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholining ulushi  17,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-aprel holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 695 877 tani tashkil etgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 166,4 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 43,5 % ga oshgan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 45 367,9 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 42 994,0 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 995,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 378,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 16,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning 25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yevropa ta’lim jamg‘armasi ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdikulov va Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

2023- yil yakuni bo‘yicha, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 km. ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 20,1 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,3 % va 8,6 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 %), Jizzax (2,6 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (2,9 %) to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YAIMi hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 113,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida 1,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Joriy yilning 25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.