Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabrida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 15 686,1  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 11 194,0 mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 4 492,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 766,7 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 3227,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 19,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 1487,7 ming nafarni tashkil etgan, shundan, 783,3 ming nafarini (jamiga nisbatan 52,6 %) erkaklar va 704,4 ming nafarini ayollar (jamiga nisbatan 47,4 %) tashkil etdi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Qashqadaryo viloyatining doimiy aholisi soni 3 499,1 ming kishini tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 62,3 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 67,3 %, ayollar - 57,3 %.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 487,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi.

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 315,8 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 103,5 %), 1 277,6 ming tonna sut (103,1 %), 544,5 mln. dona tuxum – (107,5 %) yetishtirildi va 5 151 t. baliq (96,8 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,5 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 75 578 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan 74 713 tasi kichik biznes subyektlaridir.

     2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 93,6 %, yuk aylanmasida 69,2 %, yo‘lovchi tashishda 96,6%, yo‘lovchi aylanmasida 97,5% ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha 3343,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 15,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha 286,6 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 1487,7 ming nafarni tashkil etgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1 483,1 ming kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari soni 3 396,5 ming birlikga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 344,8 ming birlikga yoki 11,3 % ga koʻproq

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 331,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 5,8 % ga o‘sdi.