Qo`mita yangiliklari

2023- yil 1- yanvar holatiga, Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 075,2 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,9 %), shundan sigirlar – 387,6 ming boshni (102,2 %), qo‘y va echkilar – 918,4 ming boshni (102,8 %), otlar – 10,4 ming boshni (104,7 %) hamda parrandalar – 8 499,1 ming boshni (104,4 %.) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 10,0 ming dona maishiy sovutkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 11,4 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oyida jami 23 891 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

     2022- yilda Qashqadaryo viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 86,8 %, yuk aylanmasida 86,3 %, yo‘lovchi tashishda 91,2%, yo‘lovchi aylanmasida 96,2% ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent shahrida jami 4,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida bo‘yicha jami 6 697,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 12 911 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 483,6 mingtani tashkil etdi ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 417,2 mingta. 2019- yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘sishi 37,9 foizni jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar 44,0 foiz tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 577,8 mlrd. soʻmga yetdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 20 433,5 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 2,9 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 18,4% ni tashkil etdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga, Toshkent viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 987,7 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 102,4 %), shundan sigirlar – 421,5 ming boshni (102,4 %), qo‘y va echkilar – 1 098,8 ming boshni (101,7 %), otlar – 56,7 ming boshni (101,4 %) hamda parrandalar – 16 299,6 ming boshni (104,7 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,7 tonna mayonez ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 639 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-mart oyida bu sohada 356  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabrida Andijon viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 36 105,6  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatida jami 406,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha jami 1 710,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.