Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 148,6 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 24 652,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 40,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyi natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 91,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 145,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Samarqand viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 41 833,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 30 dona lift va skipli koʻtargichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0-martaga oshgan.

2023-yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  77 954 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 77 068 tadir.

Joriy yilning fevral oyida elektr lampochkalari narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida ularning narxi 1,4 % ga pasaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  17,9 birlikni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar oyida Navoiy viloyati bo‘yicha 176,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 1612,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy nofaol soni jami 4 423,3 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida koʻrib chiqilgan taklif va tavsiyalarning Milliy statistika tizimi doirasida joriy etish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 51,8 % ni tashkil etdi.  Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAHMdagi ulushi eng ko‘p bo‘lib, 78,4 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 45214,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi.

Joriy yilning 14- mart kuni yangi STATA dasturini o‘rganish yuzasidan onlayn o'quv-seminari o'tkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

2023-yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 301,3 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yil 14- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida sanoat statistikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kuzatuvlarni tizimli o‘tkazish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.

2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 90,6 ming kishiga koʻpaygan.