Qo`mita yangiliklari

2023 yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholining umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,0 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilda 28,8 %ni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022- yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 50 yosh va undan katta yoshdagilar oʻrtasida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1,3 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan oʻsish surʼati 120,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 16 564 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 6,4 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda Andijon viloyatining aholi jon boshiga YAHM o‘sish sur’ati 114,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatidagi maktablar soni 907 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 88,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

2023-yil 1-fevral  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 968 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi esa quyidagicha:

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln.tni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi   kichik korxona va mikrofirmalar -  388,9  mln.t  hissasiga to‘gri kelgan.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 56,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar oyida Jizzax viloyatida jami 138,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 23 999,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 19,5 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 19,4 %ni tashkil etgan.

2023-yil yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 431,2 mlrd. soʻmga oshib, 7 656,9 mlrd. soʻmga yetdi. Jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,2 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,3 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 33 384,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 22,0 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar oyida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 312 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etdi.