Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-dekabr  oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida mashina, uskuna va inventarlarni sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 5,9 trln. so‘mni tashkil etib, jami investitsiyalardagi ulushi 54,4 % ga yetdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 45,9 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020  o‘quv yili boshiga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘paygan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Andijon viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 52,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 40,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,7 % tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,2 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining 2,1 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,3 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 12,7 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 17 287,0 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 7,8-martani tashkil etdi. Shundan 4 694,9 tonna osh tuzi dekabr oyida ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni 4807 tani tashkil etdi. Soʻnggi besh yilda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni dinamikasi quyidagicha aks etdi:

Mobil aloqa xizmatlari tariflari 2022-yilning dekabrida 2021-yilning dekabriga 3,0 % ga past boʻldi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan sohalar quyidagilarda kuzatildi:

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2023- yil 2- fevraldagi 22- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Qobil Berdiqulovning “Mamlakatning mukammal kadastr xaritasi qanday maqsadlarga xizmat qiladi?” nomli maqolasi chop etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida bajarilib, 31908,3 mlrd.so‘mni yoki respublika bo‘yicha hajmning 24,4 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 11,9 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 56,4 % ga yetdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020  o‘quv yili boshiga nisbatan 103 taga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

2023- yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 34,5 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,3 % tashkil etadi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,7 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 93,2 % ini tashkil etdi va 6,2 % ga o‘sdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 0,8 % ga kamaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 15 858,5 tonna makaron ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 132,6 %ni tashkil etdi.