Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Qashqadaryo viloyatida

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati 624,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 519,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 24,6 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar - sentabr oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 % punktga kamaydi.

Joriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 77810,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 47,5 % ini tashkil etdi.

  2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 Hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (23539,7 mlrd. so‘m), Toshkent (3557,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona (2617,5 mlrd. so‘m) va Samarqand (2193,1 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 371,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 76,9 % ni tashkil etdi, shundan 27,8 % bir bolali, 30,6 % ikki bolali, 14,8 % uch bolali hamda 3,7 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 23,1 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari statistik to‘plamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi bo‘yicha statistik va idoraviy ma’lumotlar, shu jumladan axborot va aloqa sohasidagi tashkilotlar soni, aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi, AKT sektorining yalpi qo‘shilgan qiymati, AKT hamda axborot va aloqa sohasidagi tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2021– yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 222 198,2 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 216 282,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 4 728,3 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 187,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi joriy narxlarda 519 825,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-sentabridagi narxlariga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021- yil yanvar-sentabr oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino  va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining   70,1 % i yoki 53896,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

2020- yil yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 5 373,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 9,6 % ga o‘sdi.

Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 54,5 % yoki  3022,9 mlrd. so‘m. 

 2021- yil 21-22- oktabr kunlari videokonferensaloqa rejimida transport statistikasi bo'yicha xalqaro transport forumining 7- yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.