Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvarida shakar bir oyda 1,4 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 5,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashmagan manbalar hisobidan 228,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 84,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar oyida 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida),  Qashqadaryo viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 14,7 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 108,4 %ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 978 taga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 76 199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 29,6 % ni, sanoat – 23,6 % ni, qurilish – 8,3 % ni va xizmatlar sohasi – 38,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 983,5 ming tonna meva yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 6 075 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, ular hududlar kesimida quyidagi koʻrinishda taqsimlangan:

2023-yilning yanvar oyida kartoshka narxlari bir oyda 1,4 % ga oshgan boʻlsa, 2022-yilning yanvariga nisbatan 7,7 % ga arzonlashdi.

Soʻnggi 5 yilda yashash va ovqatlanish sohasida jami 29 194 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 6,9 % i shu sohada tashkil etilayotganligini bildiradi.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 75,8 % ni tashkil etdi. Qolgan 24,2 % i yirik qurilish tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan manbalar hisobidan 41,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 15,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5014 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018/2019  o‘quv yili boshiga nisbatan 3381 nafarga oshganini  ko‘rish mumkin.  

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Jizzax viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 15,2 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 103,2 % ni tashkil etdi.