Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- yanvar holatiga jami 52 417 ta sport inshootlari faoliyat yuritmoqda.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yil yakunlari bo‘yicha mahsulotlarga sof soliqlarning YaIMdagi ulushi Moldovada - 14,2 %, Ukrainada - 14,1 %, Qirg‘izistonda - 13,4 %, Belarus Respublikasida -12,7 %, Armanistonda - 11,0 %, Rossiya Federatsiyasida - 10,2 %, Ozarbayjonda - 8,4 %, O’zbekistonda - 7,2 %, Qozog‘istonda - 6,4 % tashkil etgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, jami temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 km tashkil etib, shundan jami umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 732,8 km dan iborat.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarining yakuniy iste’mol xarajatlari  hajmi 1,4 trln.so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga kamaygan. Uning YaIM tarkibidagi ulushi 0,9 %ni tashkil etgan.

2021-yil davomida shahar elektr transportida yoʻlovchi tashishning oʻrtacha masofasi 7,3 kilometrni tashkil etdi (bir yoʻlovchining jamoat transportida oʻrtacha bosib oʻtgan masofasi). Jumladan, tramvayda 3,5 km, trolleybusda 27,3 km va metroda 7,3 km.

2021- yil yakunlari bo‘yicha jami 121 746 ta erkaklar rahbarlik qilayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 27 966,0 mlrd so‘m sof foyda olingan bo‘lsa, 16 359 ta ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 312,9 mlrd.so‘m sof foyda olingan. 

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan boʻlib shundan 2 266 tasi (jami moddiy madaniy meros obyektlarining 27,6 % i) arxitektura yodgorliklari hisoblanadi.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 034 tani tashkil etdi va joriy yarim yillikda bu sohada 870  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln. kishini tashkil etmoqda.

Joriy yilning 6-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti axborot-tahliliy markazi direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Zarova Yelena Viktorovna o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekistonda 2021-yilda sanoat korxonalari tomonidan 10,9 ming tonna muzqaymoq ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan hayvonot bogʻlari soni 3 tani tashkil etgan. Ushbu hayvonot bogʻlari Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.

2022- yilning iyun oyida yil boshidan narxlar pasayishi boʻyicha bodring yetakchi boʻlib, uning narxi 55,8 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, bodring 2022-yilning may oyiga nisbatan 42,4 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan.

2022- yilning iyun oyida olma narxlari may oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 5,8 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan boʻlib shundan 4 797 tasi (jami moddiy madaniy meros obyektlarining 58,4 %i) arxeologik yodgorliklari hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2444,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,7 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 37,3 % investitsiyalar moliyalashtirildi.

2022- yilning yanvar-may oylarida yangi qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori o`sish sur’ati Farg`ona va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan mos ravishda 37,3 % va 20,7 % ga ko`paydi.